» » » Aytilmagan dil izhori (Hikoya)
Aytilmagan dil izhori (Hikoya)
Ismim Nodira oilaliman. 3 og il  farzandim bor. Erim g amxor, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman
Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan otgan ekanlar.
Akam va meni  tarbiyam uchun oyimning vafotlaridan bir yil otib  dadam uylanibdilar-u lekin, ogay onam bizga yaxshi qaramaganliklari uchun ajrashibdilar. Dadam sal vaqt otib, bir bolasi va eri avtahalokatga uchrab, faqat ozi tirik qolgan Maxliyo degan ayolni enagalikka ishga yollabdilar.
Dadam yaxshi bir lavozimda ishlaydilar. Hayotda ogir,bosiq insonlar.
Men ulgaydim. Dadam  va Mahliyo xolam menga onam ornini bildirmaslikka harakat qilishdi.
Dadamning haydovchisi bolardi, ismlari Bobur aka. Ogillari men bilan teng, ismi Nurbek edi. Biz bir sinfga borardik, Bobur aka bizni maktabga birga olib borib, birga olib qaytardilar.
Nurbek menga juda mehribon edi. Ulgaydik. Chiroyli bolganligim uchun oshiqlarim kop edi. Lekin, Nurbek meni ximoya qilardi. Nurbekga nisbatan qalbimda nimadir his qilardim U ham menga befarq emasdi-yu lekin, aytmasdi. Kunlar shu zaylda otardi. Litseyni bitirib oliy oquvga tayyorlanardim. Bir kuni dadam va men televizorda "Telba filmini korib otirgandik. Hayolimga kelgan fikrdan quvonib ketdim. Kinoni korib bolganimizdan song:
Dadajon kino yoqdimi? deb soradim.
Yoqdi qizim deb javob qaytardilar.
Robiya galati qiz ekan, kelib-kelib xonimchini yaxshi koradimi? dedim.
Ex, qizim-a hali yoshsanda. Odam qanaqa kasb egasi bolishidan qatiy nazar, buyuk qalb sohibi bolsin. Odam sevgani bilan bolsagina baxtli boladi. Boylik otkinchi dedilar.
Demak, sizga boylik yoki kambagalikni axamiyati yoq ekanda?
Mendagi ozgarishdan dadam sirli  kuldilar. Uyalib ketganimdan baxona qilib, oshxonaga otib ketdim.
Qanchalar baxtliman, dadam qarshi bolmaydilar Lekin, Nurbek menga bir bora ham sevaman demagan. Men qanday aytaman Ha topdim, sal bildiraman; bugungi dadam bilann bolgan voqeani aytib beraman
Ertangi kun oqishga borganimizda Nurbekga aytdim. Lekin, uning gapi hayratga soldi:
Dadang yaxshi hayotni korgan odamda Domla bergan masalani yechdingmi?
Shunday desada, lekin gamxor edi. Sevishini bilardim. Uni dil izhorini kutardim.
Oliy oquv yurtiga hujjat topshirar vaqtimiz Nurbek topshirmadi. Oilasida uch singlisi bolganligi uchun:
Dadamni ishlagani nima boladi, men Rossiyaga borib ishlab kelaman, keyin oqishga kiraman, dedi.
Kutasanmi? Qongiroq qilasan-a?
Yuragim hapqirib ketdi:
Ha kutaman, dedim.
U ketdi Men oqishga kirdim. Uni kutdim. Uch yilga ketgandi. Menga sovchilar kelib charchamasdi. Lekin, men hammasini rad etardim. Oqishimizda bir olifta Zohid degan bola bor edi:
Nodira, iltimos meni rad etma, boylging kerak emas, seni sevaman
Tinch qoying, meni yigitim bor, derdim har safar.
U bolsa:
Aldama, ikki yildan beri ortingdan yuraman, boldi yetar, seni baribir ozimniki qilaman
Shunday vaqtda Nurbekning yoqligi bilinardi. Kelishiga yana bir yil qolgandi. Ikki yil ichida telefonda gaplashib turardik, uyiga pul jonatardi.
Bir safar tel qilganida, u yerda uylanganini, baxtli ekanligini aytib, suyunchi oldi.
Nahot sevganimni sezmagan bolsa, rosa alam qildi
Afsus, bu oxirgi gaplashishimiz ekan Jaxl ustida ortimdan yurgan Zohid bilan kechki ovqatni birga yeyish uchun rozlik berib yubordim.
Keyin, afsuslandim-u lekin, kech edi
Dadam ish bilan safarga ketgandilar, akam boshqa viloyatda oqirdi.
Dugonamnikiga boraman deb, Maxliyo xolamni aldadim.
Zohid bilan kechki ovqtani yedik. Keyin, mashinasida uyimga kuzatib qoymoqchi edi, telefoni jiringlab qoldi:
Alo, ha eshitaman?

Nima? Hozir yetib boraman? deb baqirib yubordi.
Tinchlikmi? dedim xavotirlanib.
Yoq, oyimni ogirlashib qolibdilar dedi.
Men indamadim. Birga ularnikiga bordik:
Yur Nodira, tez kir, oyim yolgiz deya, tez kirib ketdi.
Orqasidan men ham kirdim.
Eshikni ochdi. Shubhalana boshladim-u lekin, oyisining betobligi hayolimdan chiqmasdi:
Kir, dedi.
Kirib, asta mehmonxonaga otdim. Niyatini tushundim-u tezda orqamga qaradim. Zohid kulib turardi:
Bu nima qilganingiz? Qoyib yuboring, ketaman! deb baqirdim.
Bilaman bu xato, lekin meni kechir, iltimos. Seni sevaman. Boshqa yolini topa olmadim. Bugun meniki bolasan
Afsus Sevganimga, ozimga, shanimga, oilamga xiyonat qildim
Zohid meni aldamadi, tez orada sovchilari keldi, toyimiz belgillandi. Toy boldi Hamma bir korishda oshiq boladigan kozimga bir umrga mung tushdi.
Bir kuni uyga borsam, dadam doppilarida endi ketmoqchi bolib turgan ekanlar:
Tinchlikmi dada? desam.
Qizim tinchlikmas Bobur akangni ogli Nurbek Rossiyadan kelganiga bir oy ham bolmasdan, olamdan
otdi. Yuragi kasal ekan
Hushimdan ketib qoldim
Nurbeklarnikiga borganimda, uni songi yolga kuzatib bolishgan ekan
Ikkinchi singlisi oldimga kelib, quchoqlab oldi, yigi aralash pichirlab gapirardi:
Opajon, akam sizni sevardi. Rossiyadan qaytganidan keyin aytmoqchi bolgan ekan. Lekin, u yerdagi ogir mehnat yuragiga ogirlik qilib, kasal bolib qolibdi. Ozgina ishlay ketaman, deb yuraveribdi. Tuzalmasligini bilib, uylandim, deb sizni aldabdi. Buni kelganidan keyin, olimi oldidan aytdi
Koz yoshlarimni toxtata olmasdim
Oradan oylar otib oglim tugildi. Ismini unga atab Nurbek qoydik

Loading...
 
Telegram: +99893.288-80-80

E-mail:Yangilar.uz@mail.ru
www.Yangilar.uz |