Скачат ПСД исходники
» » » Ahad Qayum (Sherlari)....
Ahad Qayum (Sherlari)....
Uni sevib qolsam nima bo'ladi
SEVMAYMAN DEYMANU 
KO'RGIM KELADI,
SEVMAYMAN DEYMANU
RASHQIM KELADI
YONIGA HAR KUNI 
BORGIM KELADI
UNI SEVIB QOLSAM
NIMA BO'LADI?
QARZDORLIK BOSHINGNI EGIB QO'YARKAN!
Gohida eng yaqin jigarlaring ham,
Tog'dek g'ururingni bukib qo'yarkan, 
Madad bo'ldi menga deysan og'ir dam, 
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan. 
Qani opa-singil, yo aka uka,
Topgan pulingga hech bo'lmas baraka, 
Shunday kun do'stlar ham qo'yishar yakka, 
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan. 
Iltimos deb agar so'z ochsang kimga, 
Darrov nasihatdan gap boshlar senga, 
Darmon topolmaysan bitmas dardingga, 
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan. 
Qilgan rejalaring buzilib ketsa, 
Umid ildizlari uzilib ketsa, 
Uydagi notinchlik joningdan o'tsa, 
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan.

Gohida nokerak xarajat qilib, 
Bemaqsad yo'llarda harakat qilib, 
Yig'laysan yuraging alamga to'lib, 
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan. 
Yechimin topmayin hech muammosi, 
Ahad Qayum darding bormi davosi, 
Oqibatli do'stning shumi sadosi, 
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan.
20:35
O'zingni bosib ol!
Bugun men zo'rman deb 
Og'iz yirtasan, 
Kim o'tmagan dunyo 
Sen ham o'tasan, 
Jilovlay olmasang 
Agar tilingni, 
Bir kun o'z boshingga 
O'zing etasan...
Meni kechir xato qildim, meni kechir,
Meni kechir xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,
Kirib qoldim xiyonatning ko'chasiga,
Or-nomusni savdo qildim, meni kechir.

Dilda endi umid yo'q bir dastagina,
Yurakkanim yig'lar endi astagina,
Bosh ko'tarib yurolmaysan, endi men deb,
Xastagina gulim, meni, xastagina! 
Meni kechir xato qildim, meni kechir,
Qiynayverib ado qildim, meni kechir,
Bergan eding menga oppoq ko'nglingni sen,
Yuzlaringni qaro qildim, meni kechir!

Yurar bo'lsam kutar meni xazon yo'llar,
Yolg'on yo'llar, gumon yo'llar, arzon yo'llar,
Nima qilay, nima qilay, nima qilay,
Pushaymonlar yuragimni g'ajiyverar! 
Men o'zimni o'ldiraymi, osaymi yo,
Pushaymonlar kitobini tuzaymi yo.
Endi qanday ko'zlaringa qarayman men,
Dilmozorda o'z go'rimni qazaymi yo!? 
Yig'lamagin, chidaymiz-da taqdir endi,
Mendan ko'ra senga ko'proq og'ir endi.
Baxtsiz qolding nahotki, sen meni o'ylab,
Yongin Ahad, dod sol endi, hayqir endi!

Loading...
Поиск по сайту
 
Статистика
связаться с нами
Telegram: +99893.288-80-80

E-mail:Yangilar.uz@mail.ru
www.Yangilar.uz | для предварительного ознакомительного прослушивания