Скачат ПСД исходники

Новые клипы Все клипы   

Mail.ru Group yangi messenjerni ishga tushirdi

  • Добавил: adminman
  • Дата: 26-05-2017, 20:47
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 543

Mail.ru Group yangi TamTam messenjerini ishga tushirdi.

U "Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ini o‘tgan yilning iyulida ishga tushirilgan "OK Xabarnoma” messenjeri bazasi asosida yaratildi.

Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan yangi dasturni ishlab chiqarishga to‘rt oy vaqt ketgan. Foydalanuvchilar shaxsiy xabarlarda, guruh chatlarida muloqot qilishlari, GIF-animatsiyalar, shuningdek, suratlar, videoroliklar va audioyozishmalar yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. TamTam bilan nafaqat "Odnoklassniki”dagi do‘stlar bilan, balki foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga obuna bo‘lganlar bilan ham muloqot qilish mumkin.

Dastur asoschisi va rahbari Vladimir Kochetkovning ta’kidlashicha, dastur ishga tushirilishi bilan TamTam’ning kompyuterlar uchun ham versiyasi paydo bo‘ladi. U orqali audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Mail.ru Group ma’lumotlariga ko‘ra, TamTam’da "‘Odnoklassniki’dan ro‘yxatdan o‘tgan 290 million foydalanuvchining ma’lumotlari yaxlitlangan”.

Dasturning o‘zi bepul va reklamalarsiz bo‘ladi. Kochetkovning so‘zlariga ko‘ra, messenjerning asosiy jihati — "foydalanuvchilarda millionlab odamlar orasidan o‘z tanishini topish imkoniyati mavjud”.


Загрузка...

Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: *