Скачат ПСД исходники

Новые клипы Все клипы   

Benom Guruhi Yangi Ayt Taronasiga Klip Olinyabdi...

  • Добавил: adminman
  • Дата: 11-12-2016, 19:41
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 1239
Yaqindagina primyerasi bo'lib o'tgan "Ayt" nomli taronamizga klip ishlash jarayoni deyarli yakunlamoqda. "Primkulov Visuals" ijodkorlari bilan hamkorlikda tasvirga olingan klipimizning rejissyori Habibulla Nabiyev. Tasvirchi Sarvar Sobirov. Ushbu klip g'oyasi uzoq o'ylangan bo'lib "Bir muhabbat qissasi' nomli videolar turkumining 1 chi qismi hisoblanadi. 3 oy davomida tayyorgarlik ko'rilgan klipimizga rejissyor Habibulla Nabiyev hamda tasvirchi Sarvar Sobirovlar Germaniyaning Gamburg shahrida 2 oy davomida malaka oshirib, klip uchun ishlatilishi ko'zda tutilgan zarur texnik jihozlar bilan qaytishdi. "Bir muhabbat qissasi " nomli videolar turkumi hozircha 3 qismdan iborat bo'lib, barcha kliplarimizga mahoratli klipmeyker Timur Primkulov badiiy rahbarlik qildi. Demak, tez orada taqdimotlar ketma-ketligi siz aziz muxlislarimizni kutmoqda! 
 
BIR MUHABBAT QISSASI - BOSH QAHRAMONLARI

Taqdimoti kutiliyotgan "Bir Muhabbat Qissasi" videolar turkumidagi ilk "Ayt" nomli klipimizga bosh qahramonlarni topish juda qiyin kechdi. Buning uchun bir necha bor kastinglar o'tqazildi.Kastinglarda 100 dan ortiq qizlar va yigitlar ishtirok etib, o'z mahoratlarini sinab ko'rishdi. "Bir Muhabbat Qissasi"dagi voqaealar rivoji juda katta syujetni o'z ichiga qamrab olgani uchun ushbu kliplarda qo'shiqni sinxron aytish sahnasidan rejissyorimiz Habibulla Nabiyev talabini inobatga olib voz kechdik va bosh qahramonlar obrazini o'zimiz ya'ni Sarvar va Komil ijro etishga qaror qildik. Shundan so'ng kastinglarimizda faqat bosh qahramon uchun qizlar ihstirok etishdi. Kastingimizning so'ngi kunida nihoyat uni kashf etdik. Kastingda g'olib bo'lgan Nargiza Gulmuhammedova ushbu klipimizda bosh qahramon obrazini yaratish uchun bir oylik aktyorlik mahorati darslariga qatnashib katta tayyorgarlik ko'rdi. Tasvirga olish jarayoni juda ham qiyin va noqulay ob-havo sharoitlariga to'g'ri kelganiga qaramay bu qiz samimiy va dildan o'z rolini ijro etishga harakat qildi. Taqdimotdan so'ng uning mahoratiga baho berishingiz mumkin bo'ladi.Hozircha esa klipning treyler variantini saytimizdan korishingiz mumkin.



Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.