Скачат ПСД исходники

Новые клипы Все клипы   

Shavkat Mirziyoyev tajriba sifatida 11 yillik ta’limni qayta tiklash zarurligini ta’kidladi

  • Добавил: adminman
  • Дата: 17-06-2017, 21:32
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 2129

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabini borib ko‘rdi, deb xabar berdi O‘zA.

Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967-yilda qurilgan. Maktabni qayta ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Prezident maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

"Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur”, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

Shu yerda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘asi” komplekti, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, xalq ta’limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etildi.


Загрузка...

Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: *